avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

,,Mening bobom va buvim-mahalla faxriysi"

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан

Shu ulug' vatanda azizdir inson                                       REJA:
I. Kirish
a)Eng buyuk davlat
II. Asosiy qism 
a)Qari bilganni pari bilmas
b)Yurtimizdagi  havasli insonlar
3)Xulosa
                  Har bir inson dunyoga kelar ekan,hayot deb atalmish sinovni boshidan  o'tkazadi.Inson mana shu sinov mobaynida  bolalik,yoshlik va keksalikni birin-ketin bosib o'tadi.Har bir inson hayotni o'zining qarashlari bilan ko'radi.Mana shu umrini ham shu qarashlar bilan o'tkazadi.Zero,bobokalonlarimiz aytganlaridek,bu dunyo kengga keng,torga tordir.           
 Har bir insonning hayotga bo'lgan qarashlari bolalikdan boshlanadi.Bobolarning har bir tilaklari ezgu bo'ladi.Shuning uchun ham ular hayotni go'zal ko'rishadi.Balog'at yoshiga  yetganlarida esa hayotga bo'lgan qarashlari o'zgaradi.   Endi ular hayotda yashash uchun  kurashish kerakligini bilib olishadi.Yoshliklarida esa oilalarini barpo etishadi.Go'yo yangi oila ularning orzulariga qanot bo'ladiganday.Ammo,har narsadan ham ota-ona ulug'ligini bilishmaydi.  Mana, inson keksalik yoshiga ham yetib keldi.,,Keksayganda inson yosh bolaga o'xshab qoladi",-deb aytishadi.Aslida bunday emas .Keksayganlarida ular beg'ubor bolaliklarini,kuch-quvvatga to'lib,har bir ishni sabrsizlik bilan bajaradigan balog'at  yoshlarini,yangi oila quraman, mana shu oilani boqaman,- deb shijoat bilan yurgan yoshliklarini eslab,shirin xayol surishadi.Keksayib qolganlarini tan olishmaydi.Tan olishsa-da,o'limga yuz burmaydilar.Farzandlari nabiralariga o'zlarining dono maslahatlarini berishdan charchamaydilar.
“Qari bilganni pari bilmas”.Oddiygina mana shu so'z necha asrlardan bizgacha yetib keldi.Bu so'zning tub mohiyatini qanchadan-qancha testlar,savollar bilan olimlar o'rganmoqchi bo'ldilar.Ularning fikricha, axir yoshlar keksalardan  ko'ra ko'proq narsalar bilishadi.Keksalarning xotiralari yoshlarnikidan ko'ra sustroq,-deyishadi.Ammo,bu fikrlar xato edi.Chunki ,keksalarimiz biz o'qimoqchi bo'lgan hayot kitobini allaqachon o'qib bo'lishgan.Hayotning o'nqir-cho’nqirlarini bilishadi.Biz yecholmay qolgan savollarga ular hayotiy tajribalari bilan javob berishmoqda.Axir ular bizdan ko'ra ko'proq ko'ylak yirtganlar.                                                                                                          Dunyoda eng yumshoq narsa nima?-deb mendan so'rashsa,men hech ikkilanmay:ona mehri,-deb aytgan bo'lardim.Agarda mendan, dunyodagi eng qattiq narsa nima?-deb so'rashsa, bunga javoban :ota qahri, -deb aytardim. Chunki, ona mehrining tafti, hattoki barcha narsalarni eritib yuborishi mumkin.Agarda ota qahr-g'azabga to'lsa, butun olamni zulmat qoplaydi.Qahraton g'azab dunyoni muzga aylantiradi.Shuning uchun ham insonlar orasida,,Ota rozi-xudo rozi", ,,Jannat onalar oyog'i ostida" degan iboratli so'zlar yuradi. Har bir inson ota-onasini hurmat qilishi, ularga mehr ko'rsatishi kerak.Ana shu ota-ona siz-u bizning bobo-yu buvimiz bo'lishi mumkin. Shunday emasmi ?  Har bir inson volidayi muharramasi bo'lmish -onasini, padari buzrukvori bo'lmish -otasini doimo e'zozlasin. Ularning qarg'ishini emas,duolarini olsin. Ularga munosib farzand bo'lsin. O'zining farzandlik burchini unutmasin.Ularning maslahatlariga amal qilsin.Zero,har bir inson biror ishni boshlashdan oldin ota-onasidan oq-fotiha oladi.Shundagina ishi omadli va barakali bo'ladi.Otasining maslahatiga amal qilgan o'g'il hеch qachon boshqalardan kam bo'lmaydi.Aytishadi-ku...,,Otalar so'zi-aqlning ko'zi"-deb.                                                                                                                                 Payg'ambarimizning ham ota-onani e'zozlash to'g'risida hadislari bor. Men bobom aytib bergan bir hadisni sizga bayon qilmoqchiman.                                                                       Bir inson payg'ambarimiz oldlariga kelib, “Qaniydi men jannatda payg'ambarimizga qo'shni bo'lsam”, -deb aytibdi. Shunda payg'ambarimiz ollohdan so'rabdilar:
-Mening jannatdagi qo'shnim kim?
Shunda ollohdan vahiy keldi.
-Falon joyda, falon kishi bo'ladi.
Shunda u kishi aytilgan joyga borsalar, bir kambag'al yigit bor ekan. Kambag'al yigit mehmonlarni ichkariga taklif qildi. Ularga taom, shirinlik qo'yib, mehmonlar, meni aybga buyurmaysizlar, meni qiladigan ishlarim bor edi,-deb narigi xonaga qarasalar, ichkarida yuqoriga osilgan katta savatda bir kampir turgan ekan. Yigit savatni ohista pasga tushurib, kampirni ovqatlantirib, to'shakni yagilab, yana savatga solib qo'ydi. U yigitning onasi edi. Ona o'g'lini duo qildi:Ey olloh, sen o'g'limni jannatda payg'ambarga qo'shni qilgin,-deb.Shunda payg'ambarimiz tushundilar.Har bir inson ota-onasini e'zozlashi kerak ekan.Biz hozir  XXI asr farzandimiz.Har birimiz mustaqil va ozod yurtda yashayapmiz.Ammo,har doim ham shunday bo'lganmi?1941-yildan boshlanib,hammani o'z domiga tortgan  ikkinchi jahon urushi paytlarida bizlar erkin yasha olarmidik?Mening bobom ana shu qonli urushda qatnashganlar.Bizning yurtimiz uchun,bugungi hayotimiz uchun bobom o'z oyoqlaridan ajralganlar.Nafaqat mening bobom urushda jabr chekkanlar,balki,necha-necha bolalarning bobolari urushda qatnashib, aksariyat odamlar tirik qaytib kelishgan.Ko'pchilik insonlar jang maydonida yurti uchun fido bo'lgan.Xayriyat, mening bobom baxtimga tirik qaytdilar.U kishi har yili turli-xil ordenlar oladilar.Hozirda o'sha davrni eslasalar, ko'zlariga yosh oladilar.Bobom -mahallamizning faxrli insoni.U kishini barcha hurmat qiladi.Hozirda yurtboshimiz tashabbuslari bilan 2015-yil ,,Keksalarni e'zozlash yili"-deb e'lon qilindi.Barcha viloyatlarda yangidan-yangi,barcha sharoitlarga ega,,Qariyalar uyi«qurib topshirildi.Barcha keksa otaxon-u onaxonlarimizga dam olish maskanlariga yo'llanmalar berilmoqda.Biz keksalarga cheksiz hurmatda bo'lyapmiz.Ammo,hamma hamkeksalarni shunday e'zozlayaptimi?Qariyalar uyidagi keksalar soni yildan-yilga ko'paymoqda.Yo'q,hamma ham o'zining ota-onalarini,,Qariyalar uyi»ga etib qo'yavermaydi.Shunchaki ba'zi bir insonlar bor.Ulargina bunday tubanlikka borishlari mumkin.Yurtboshimiz tashabbuslari bilan mahallalarda,,Ota — onalar uyi«tashkil etildi.Uyerda hayotning o'nqir-cho'nqirlarini ko'rgan keksa otaxon-u onaxonlarimiz bizga hayotiy tajribalaridan maslahatlar berishadi.Ular ichida mening buvim ham bor.Buvim,, Ota-onalar uyi»ning raisi bo'lib,barcha yoshlardan o'zlarining dono maslahatlarini ayamaydilar.                
Xullas,bir so'z bilan aytganda, bobom va buvimning mahalladagi o'rinlari katta.Ularni barcha hurmat qiladi.Keksa otaxon-u onaxonlarimiz bizning baxtimiz.Ularni doimo e'zozlaylik.
 
20-umumiy o’rta-ta’lim maktabi
8-E sinf o’quvchisi
Akramov Samoyiddin
Shirbuddin 14
Tel:+998652253635

,,Mening bobom va buvim-mahalla faxriysi"

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан

                        Buxoro  shahar
XTMFMT  va  TEBga  qarashli
20 – umumiy   o’rta  ta’lim  makta-
bining  9“V”-sinf  o’quvchisi
Safarova  Muslimaning  “Mening
bobom  va  buvim – mahallamiz
faxri” mavzusida  yozgan  inshosi.
 
Insho
Mening  bobom  va  buvim – mahallamiz 
  faxri
Reja:
1.  Keksalik – donolik .
2.  Bobom  va  buvim – mahalla   faxri.
3.  Keksalarni  e’zozlang.
 
Odatda,  otani  padari  buzrukvor,  onani  esa  mehribon  volida  deymiz. Chunki  har  bir  inson  uchun  otadan  ulug’  va  qadrdon,  onadan  mehribon  va  yaqin  kishi  yo’q.  Haqiqatan  ham,  ona – ota  buyuk  zotlardir. Ular  siz  bilan  bizni  dunyoga  keltirib,  ko’z  qorachig’idek  asrab – avaylab  voyaga  yetkazibgina  qolmasdan,  hamma  vaqt  quyosh  yanglig’  hayotimizga  nur  sochib  turadilar,  bamisoli  oy kabi  yo’limizni  oydin  qiladilar.  Shu   boisdan  ham,  eng  go’zal  dostonlar,  eng  yaxshi  qo’shiqlar,  eng  yoqimli  kuylarning  ana  shu  ulug’  zotlarga  bag’ishlangani   bejiz  emas.
Darhaqiqat,  keksalar  juda  dono  bo’lishadi.  Chunki  ular  o’z  umrlari  davomida  ko’p  narsalarni  ko’rib – bilib, kerakli  xulosalar  chiqaradilar.
Xalqimiz  keksalarni  e’zozlab:  “Qarisi  bor  uyning – parisi  bor”  “Qari  bilganni – pari  bilmas”  maqollarini  yaratgan. Bu  maqollarda  chuqur  ma’no  bor:
“Qariyalar  bor  uy  fayzli  bo’ladi, chunki  ular  yoshlarga  yo’l – yoriq  ko’rsatib,  to’g’ri  yo’lga  boshlaydilar. Ularning  ibratlari  va  nasihatlariga  amal  qilsak  xonadonimiz  nurga  to’ladi.  Shunday  ma’no  mujassam  bu  maqollarda.  Otaxon  shoirimiz  Quddus  Muhammadiy   “Aziz  bobom”   she’rida  keksalarni:
Bir  aziz  bobom  bor  dunyoda  tanho,
Xushsur’at   xushqomat,  muloyim,  dono.
Ko’nglining  kengligi  yer,  kurra,  osmon.
Ko’zlari  nuroniy  oynayi  jahon.
deb  e’zozlaganlar.
Mening  bobom  va  buvim  mahallamiz  faxri  hisoblanadilar. Bobom  Bozorov  Safar  II jahon  urushida  qatnashib,  jasorat  ko’rsatganliklari  uchun  “ Jasorat”  medali  bilan  taqdirlanganlar.  Buvim  Bozorova  Robiya  juda  pazanda,  qo’ligul  tikuvchi  va  shifokor  edilar.  9 nafar  bolani  qiynalib  bo’lsa  ham, oq  yuvib,  oq  tarab  katta  qildilar.  Har  yili  9-may  kuni  9  nafar  farzandlari  yig’ilib,  bobom  va  buvim  xotirasiga  halim  yoki  osh  tarqatadilar.  Ularning  ikkalasi  ham  mahallaning  faxri  edilar.  Hozir  qishlog’imizdagi  barcha  odamlar  meni  rahmatli  Safar  otaning  nabirasi  deyishadi.  Men  bobom  va  buvimni  juda  sog’inaman. Ularning  qonlari  mening  tomirlarimda  oqyapti.  Men  ularga  o’xshab  Vatanimga  munosib  farzand  bo’laman.
Do’stlar!  O’z  bobo  va  buvilaringiznigina  emas,  barcha  keksalarni  avaylang,  asrang  va  e’zozlang.  Ular  sizlar  uchun,  bizlar  uchun  yashamoqda.  Ularni  xotirlang  va  qadrlang.  Har  daqiqa  ularni  eslang,  duosini  oling.  Ular  bugun bor,  ertaga  esa  yo’q.  Shuning  uchun  ham  biz  keksalarni  doim  e’zozlashimiz  lozim.  Shu  munosabat  bilan  Prezidentimiz  2015 – yilni  “Keksalarni  e’zozlash  yili”  deb  e’lon  qildilar.
Shirbuddin 14
Tel: +998652253635 
 
                                       Mening bobom, buvim-mahallamiz  faxri
                                                                     Reja:
                   1. Qarisi bor uyning-parisi bor
           2. Oilamiz ustuni bobom ,quyoshi buvim
           3.Keksalar –yurt tayanchi
                 4.2015-yil Keksalarni e’zozlash yili 
      Farishtalar, parilar va malaklar naqadar go’zal, pok, beozor bo’lishadi. Biz  qariyalarni shu malaklarga qiyoslaymiz. Bejizga  qarisi bor uyning parisi bor deyishmaydi. Qariyalar oilamiz ko’rki. Ular borki, xonadonimizga fayz-u barakot, rizq-u nasiba kirib keladi.Bizga doimo oltindan qimmat nasihatlarini beradilar. Ammo ba’zi bir nokas farzandlar shu parilarni  ya’ni keksalarni qadriga yetmaydi. Ularni xo’rlaydi, salom bermaydi oxir oqibatda qariyalar uyiga olib borib qo’yadi. Agar mening qo’limdan hamma ish kelganida, bemehr farzandlarga mehr ato etardim. Shuning uchun doimo qariyalarni e’zozlab, boshimizdagi tojdek asrashimiz kerak. Keksalar doimo yoshlarga tanbeh berishadi. Shu tanbehlardan oqilona foydalansak, bizning kelajagimiz porloq, hayotimiz osuda bo’ladi. Bekorga xalqimiz qari bilganini pari bilmaydi demaydi. Ular ko’pni ko’rgan, hayot kitobini o’qigan, boshimizga kulfat tushganda to’g’ri yo’l ko’rsatadigan inson hisoblanadi. Mana shunday bag’rikeng qariyalarimiz umrlari uzoq bo’lsin. Doimo xonadonimiz ustuni bo’lib tursinlar. Olloh esa bag’ritoshlarining qalbini eritsin, insofsizlarga insof bersin. Toki  ular o’z qilmishidan uyalsin. Ota-onasini boshiga ko’tarib yursin. Axir ota-ona oldidagi qarzni hech qachon uzib bo’lmaydi. Bobojonlarimiz, buvijonlarimiz esa doimo omon bo’lishsin.
      Oilamiz tayanchi, ustuni-bobojonim hisoblanadilar. Ularning isimlari Ne’mat  aka. U kishi juda oqko’ngil, mehrli, saxiy va barcha go’zal fazilatlar sohibidilar. Bobojonim doimo bizga pand-u nasihat beradilar bizning tarbiyamizga esa juda katta e’tibor  beradilar. Doimo bizga bir gapni takror aytadilar; ,,Bolam mahallada o’zingni kamtar tut, boshingni egib yur”. Biz bu nasihatlardan to’g’ri xulosa chiqarib, bu so’zlarga amal qilamiz. Bobojonim bizga doimo ezgulikni, yaxshilikni tilaydilar. Ular nafaqat o’z nabiralariga balki ko’chadagi bolalarga ham nasihat beradilar,  ularni ham bizni yaxshi ko’rgandek  yaxshi ko’radilar. Bir buyumni oldizmi, uni albatta joyiga qo’yish kerak. Bo’lmasa jahllari chiqadi. Mening mehribonim, munisim, oilamiz quyoshi, chirog’I buvijonim Lutfiya  aya bo’ladilar. Buvijonimning eng yaxshi fazilatlari hammaga yaxshilik tilaydilar. Menga doimo shunday deydilar  :Qizim, biror kishi senga tosh otsa, sen unga gul-u rayhon ot, yomon gapirsa, shirin so’zlar ayt, toki u o’z qilmishidan o’zi  uyalsin”. Bu gaplar yodimdan chiqmaydi. Bunday nasihatlar har qanday vaziyatga tushganda kerak bo’ladi.  Buvijonimga atab bir she’r  yozdim  :

                                      Buvijonim –qalbi quyoshsiz
                                     Buvijonim –mehri daryo ekansiz
                                     Sabringiz qattiq toshdan
                                     Bor bo’ling baxtimga aziz insonim
                                      Buvijonim, munisim!
     Yana qancha shirin, sehrli so’zlar aytsam oz. Chunki  buvijonim haqiqiy komil inson. Bobom va buvim haqlarida shuncha gapirdim, lekin ikkichi bobom va buvim haqlarida biron og’iz shirin so’z aytolmadim. Chunki  ular bolalik chog’imda vafot etganlar.   Вobom   va buvimni ko’rish menga armon bo’lgan. Har gal shuni eslasam yuragim tilka pora bo’ladi. Lekin hamma qariyalar ularni maqtaydi. Ko’pincha bobojonimni saxiy, tanti, buvijonimni esa chiroyli, oqko’ngil deya ta’riflashdi. Aziz do’stlar xonadonimizga shunday aziz, tabarruk insonlar borligidan zavqlanishimiz kerak. Bobom va buvijonimni men qo’sh chinorga o’xshataman. Necha yoshga kirgan bo’lsalarda, bir yoqadan bosh chiqarib muammolarga yechim topadilar. Iloyo umrlari ham chinor daraxtidek uzoq bo’lsin. Lutfiya bujonim o’qituvchi. Men u kishini kasblarini albatta davom ettiraman. Yoshligimdan u kishini ko’rib, shu kasbga qiziqdim
      Bobojonim mahallamiz faxriylaridan biri. U kishi tinib-tinchimas. Hali mahallada hashar, hali turli xil yig’inlar, bolalar uchun tomoshalar uyushtiradilar. Obodonlashtirish ishlarini olib boradilar. Shuning  uchun bobomni hamma hurmat qiladi va mahallamiz otasi deya maqtab qo’yadi. Bobom  har doim kam ta’minlangan  oilalarga ko’mak beradilar. Ular ham  bobomni juda hurmat qiladi  va yaxshi ko’radi. Men shunday bobojonim borliklaridan  faxrlanib, gerdayib yurayman. Shuncha so’zlar aytdim, lekin, bu gaplar bobojonimni ta’riflash uchun kamdek go’yo. Mahalla  oqsoqoli Ro’zi ota doimo bobomdan maslahat so’raydilar. Hozirgina aytib o’tganimdek buvim o’qituvchilar. Hozir nafaqa yoshidalar. Lekin u kishi mahalladagi bolalarga qo’shimcha dars o’tadilar va mahalla muallimasi degan unvonga sazovor bo’lganlar. Buvijonimni barcha bolalar o’z buvisidek ko’radilar. Mahallamizning old faxriylari bolib yuriydilar. Ular necha yillardan buyon shu mahallada yashab keladilar. Hamma yig’in va majlislarga faol qatnashib keladilar va boshqalarga ham shuni tavsiya etadilar. Bizni ham o’z nabiram deb ayamaydilar. Doimo majlisga qatnashishimizni, hasharga chiqishimizni qattiq nazorat qiladilar. Shuning uchun bobom va buvim mahallamiz faxri hisoblanadilar. Mahallamizning tinchlik posboni deya buvamni, buvijonimni esa mahallamiz, oilamiz quyoshi, olimasi deya ta’kidlayman
     Mamlakatimizda yoshi ulug’  insonlarning munosib hayot kechirishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Zero, ular yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, vatanimizning iqtisodiy salohiyatini yuksalishiga katta hissa qo’shgan. Bundan tashqari, bu  yil yoshi ulug’ insonlar kinoteart, teart, muzey, konsert, kino tomoshalari va boshqa madaniy va ma’rifiy tomoshalarga be pul borish imkoniyatiga ega bo’ldi. Turli xil tadbirlar o’tkazilmoqda. Qariyalarga sovg’alar ulashilmoqda. Bularning barchasi prezidentimiz sharofati bilan. Prezidentimiz  tashabbuslari bilan 2015-yil ,,Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Inshomni yakunlar ekanman, doimo qariyalarimiz yulduzdek chaqnab tursinlar, barchalarining umrlari uzoq bo’lsin, shu bilan bir qatorda o’zimning bobojonim va buvijonimning ham umrlari uzoq bo’lsin. Vafot etgan buvijonim va bobojonim joylari jannatda bo’lsin va ruhlari shod bo’lsin. Ular meni ko’rib, mendan faxrlansinlar! Ularga munosib nevara bo’laman.
                                                                                                       Buxoro shahar 20-umumta’lim maktabi
                                                                                                        9-b sinf  o’quvchisi Hamroyeva Shoira.   

nomli blog buxoromaktab20

|Buxoro shaxar Shirbuddin 14

2253635

,,Mening bobom va buvim-mahalla faxriysi"

"Бобурнома" да тарихий шахслар